Hamkorlikdagi bitiruv tadbiri
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida barcha tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan qo‘shma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari malakasini oshirish dasturi doirasida navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi.
Mashg‘ulotlarga respublika davlat boshkaruv va huquq-tartibot organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbar xodimlari, boy amaliy tajriba va yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar hamda mutaxassislar, shuningdek, Vazirlikning tegishli sohaviy xizmat xodimlari jalb etildi. O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shaklida olib borildi.
Ushbu kurslarda Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari ham yuridik bilimlar, maxsus kasbiy tayyorgarlik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.
O‘quv jarayonida xizmat sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish va ularni kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Komissiya tarkibida yakuniy sinovlar kabul qilinib, muvaffaqiyatli topshirganlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Institut matbuot xizmati