Aholi salomatligi yo‘lida: huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari bilan targ‘ibot uchrashuvlari
04.12.2025
29 marta ko'rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabr kunidagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida barcha shahar — tuman ichki ishlar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari xodimlari bilan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi Shaxobiddin Ganiyev va boshqa mas’ullar ishtirok etmoqda.
Ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 — 2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyaning ustuvor maqsadlariga erishish, giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish orqali aholini, birinchi navbatda, yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilanganligi, giyohvand moddalari turlari, narkolabaratoriyalar haqida atroflicha ma’lumotlar berilyapti.