Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi tinglovchilari madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi

04.12.2025 25 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan qo‘shma “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari malakasini oshirish o‘quv kursi” doirasida ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tinglovchilarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ular O‘zbek Milliy akademik drama teatri va “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdilar. Tadbirlar jarayonida tinglovchilar milliy teatr san’ati, yurtimizning shonli tarixini aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishib, yuksak taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashriflar tinglovchilarning ma’naviy-ruhiy barkamolligini oshirish, ularda yuksak madaniyat va keng dunyoqarashni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Institut Matbuot xizmati