Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida harbiy xizmatchilar malakasi oshirilmoqda
03.12.2025
5 marta ko'rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan qo‘shma “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari malakasini oshirish o‘quv kursi” dasturi doirasida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Ushbu kurslarda Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari yuridik bilimlar, maxsus kasbiy tayyorgarlik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashmoqda.
O‘quv jarayonining asosiy maqsadi — harbiy xizmatchilarning xizmat sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish va ularni kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarga tayyorlashdan iborat.
Institut Matbuot xizmati