Kitob javoningizga “YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORI”

03.12.2025 12 marta ko'rilgan

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq manfaatlariga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, ayniqsa ommaviy axborot vositalariga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z ketganda, bu jarayonlarni ko‘zgu kabi aks ettirib beradigan manbalar zarur. Karim Normatovning “Yangi O‘zbekiston bunyodkori” nomli yangi esse-monografiyasi ana shunday muhim asarlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti tomonidan nashrga tayyorlangan mazkur kitob 2025-yilda chop etildi.

Kitobda mamlakatimiz erishgan yutuqlari, yangi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqei yuksalib borayotgani haqida keng tahlillar berilgan.

Kitobning yana bir ahamiyatli jihati — unda taniqli jurnalistlar, professor-olimlarning jurnalistika va savdoxonlikka oid ilmiy-amaliy maqolalariga ham joy berilganidir.

Xulosa qilib aytganda, “Yangi O‘zbekiston bunyodkori” — yangi davr rivoji, Prezidentimiz islohotlarining mazmun-mohiyati, jurnalistika sohasining o‘rni va roli haqida chuqur mulohazalar beruvchi muhim asar. U nafaqat jurnalistlar, balki keng kitobxonlar ommasi uchun ham foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Asar o‘quvchini ilhomlantiradi, vazifalarga yangi ko‘z bilan qarashga undaydi va Yangi O‘zbekistonni barpo etishda har bir fuqaroning o‘z o‘rni va mas’uliyati borligini eslatadi.

 Institut Matbuot xizmati