Ma’naviyatni oshirish yo‘lida muzeyga tashrif
02.12.2025
13 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning ma’naviyatni yuksaltirish, madaniy dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda institut xodimlari va tinglovchilari Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida tinglovchilar ichki ishlar tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, faxriy xodimlar faoliyati hamda huquq-tartibotni ta’minlashda qo‘llangan tarixiy eksponatlar bilan tanishdilar.
Ushbu amaliy sayohat tinglovchilarda kasbiy faxr tuyg‘usini mustahkamlash, tarixiy merosga hurmat va mas’uliyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday ma’rifiy tadbirlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishi belgilangan.
Institut Matbuot xizmati