Siyosatshunoslikning muhim yo‘nalishlarida malakaviy imtihon tashkil etildi
02.12.2025
33 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun talabgor mustaqil tadqiqotchilardan 23.00.02 “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malakaviy imtihon ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarni baholash, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ularning ilmiy va amaliy tayyorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Institut Matbuot xizmati