Nutq madaniyatini rivojlantirish: tinglovchilar bilan ochiq muloqot
Kasbiy tayyorgarlik fakultetida ta’lim olayotgan tinglovchilarning kasbiy muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan “Ichki ishlar organlari faoliyatida nutq madaniyatini oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB mas’ul xodimlari Abduxalik Raziqov hamda Dilshod Mixtiboyevlar tomonidan “IIOlari faoliyatida nutq madaniyatini oshirish” mavzusida to‘g‘ri muloqot yuritish, fuqarolar bilan odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda muomala qilish, rasmiy nutq me’yorlari hamda psixologik muloqot madaniyati kabi muhim masalalar yoritib o‘tildi.
Davra suhbati tinglovchilarda kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyatini chuqur anglash, amaliy muloqot usullarini rivojlantirish va xizmat intizomini mustahkamlashga xizmat qildi.
Institut Matbuot xizmati