Tizimda boshqaruv va xavfsizlik
01.12.2025
62 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan Malaka oshirish institutida barcha tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bilan o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi — xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, xizmat faoliyatini samarali tashkil etishga doir amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan iboratdir.
Shuningdek, yig‘in doirasida ichki ishlar organlarida bo‘layotgan tizimli islohotlar, zamonaviy boshqaruv usullari, psixologik ishlash, xodimlarni rag‘batlantirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar beriladi.
Institut Matbuot xizmati