Vatanga qasamyod – yuksak mas’uliyat
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasidagi tantanali marosimda Kasbiy tayyorgarlik fakultetining navbatdagi tinglovchilari qasamyod qabul qildilar. Bu marosim ularning tanlagan kasbiga bo‘lgan sadoqati, Vatanga, xalqqa xizmat qilishga tayyor ekanliklarining ramziy ifodasi bo‘ldi.
Tadbirda Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, tinglovchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi.
Tadbirda fakultet tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimizga va Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilish borasidagi tantanali qasamyodni qabul qildilar.
So‘zga chiqqanlar, tinglovchilarning yaqinlari hamda boshqa qatnashchilar Qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga o‘z qasamyodlariga sodiq qolgan holda mas’uliyat hamda shijoat bilan ish olib borishlariga umid bildirib, ularning kelgusidagi faoliyatida omad hamda zafarlar tiladilar.
Institut Matbuot xizmati