Madaniy-ma’rifiy tashabbus: tinglovchilar O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdi

27.11.2025 28 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning ma’naviy saviyasini oshirish, madaniy dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga doimiy ravishda e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda institut xodimlari va tinglovchilari O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ular teatr muzeyi bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek, sahnada namoyish etilgan “Birinchi qaldirg‘och” spektaklini tomosha qilib, ma’naviy hordiq chiqardilar.

Mazkur madaniy tadbir tinglovchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yurtga sadoqat, milliy bag‘rikenglik, mehr-oqibat kabi yuksak qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kelgusida ham xodimlar va tinglovchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tashabbuslarni izchil ravishda davom ettirishni rejalashtirgan.

Institut matbuot xizmati