Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan vazirlik O‘quv-dala markazida arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi
27.11.2025
30 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan vazirlik O‘quv-dala markazida Malaka oshirish instituti tinglovchilari uchun tashkil etilgan arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi sohaviy bilim va dunyoqarashni yanada kengaytirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, mafkuraviy barqarorlik hamda ma’naviy-ma’rifiy savodxonlikni oshirishga qaratildi.
Yarmarkada huquqiy, psixologik, mafkuraviy-tarbiyaviy, jinoyat profilaktikasiga oid ilmiy-amaliy qo‘llanmalar, shuningdek badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘z ichiga olgan katta kitob tanlovi namoyish etildi.
Tinglovchilarning ta’kidlashlaricha, bunday kitob yarmarkalari ularning kasbiy savodxonligini oshirishga va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Institut Matbuot xizmati