Institutda ilmiy unvon olish uchun maxsus imtihon o‘tkazildi

22.11.2025 19 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustivorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari» fanidan ilmiy unvon olish uchun talabgorlardan maxsus imtihon qabul qilish komissiyasi a’zolari tomonidan navbatdagi imtihon qabul qilindi.

Ikki kun davomida professor va dotsent ilmiy unvonlariga 20 dan ziyod talabgor nomzodlar  galdagi  imtihonlarni topshirdilar. Imtihon topshiruvchilar savol-javob  shaklida  bilimlarini sinab ko‘rishdi.

 

Institut Matbuot xizmati