Navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi

22.11.2025 63 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vaziriligi Malaka oshirish institutida tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat xavfsizligi xizmati bo‘yicha o‘rinbosarlari, IIOning barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun va “mayor” maxsus unvoni olish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari yakunlandi.

O‘quv jarayonida tinglovchilarga sohadagi qonunchilikdagi yangiliklar, jamoat tartibini ta’minlashning samarali usullari, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda tezkor vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor munosabat bildirish haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida o‘zaro tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlar va ochiq muloqotlarda tinglovchilarning tayyorgarligi yanada mustahkamlandi.

                                                                                      Institut Matbuot xizmati