Madaniyatga oshno qadam: tinglovchilar bo‘sh vaqtini teatrlarda mazmunli o‘tkazdi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning ma’naviy saviyasini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda institut xodimlari va tinglovchilari O‘zbek Milliy akademik drama teatri, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda Muqimiy nomidagi muziqali drama teatriga tashrif buyurdilar.
Tashriflar davomida ular teatr san’atining ilg‘or namunalari bilan tanishib, spektakllarni tomosha qilish orqali ma’naviy hordiq chiqardilar. Mazkur tadbirlar tinglovchilarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish, yurtga sadoqat, milliy bag‘rikenglik va mehr-oqibat kabi qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti bundan buyon ham xodim va tinglovchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni izchil tashkil etishni rejalashtirgan.
Institut matbuot xizmati