Tinglovchilar bilan Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan fakultativ mashg‘ulot o‘tkazildi
19.11.2025
67 marta ko'rilgan
Bugun Ichki ishlaaar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida farmonning asosiy maqsad va vazifalari, xususan aholi salomatligini muhofaza qilish, giyohvand moddalardan foydalanishning oldini olish, ta’lim muassasalari va joylarda profilaktika ishlarini kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, farmonda belgilangan kompleks chora-tadbirlar giyohvandlikka qarshi kurashning yangi tizimini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni har qanday zararli ta’sirlardan himoyalash va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tibbiyot va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Fakultativ mashg‘ulot ishtirokchilari ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning ahamiyati, jamiyat va yoshlar salomatligi uchun uning ustuvorligi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Institut Matbuot xizmati