Bir el, bir Vatan, bir bayroq!

18.11.2025 4 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Bir el, bir Vatan, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Davlat bayrog‘ining qabul qilinishi tarixi, uning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati hamda davlat ramzi sifatidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yoshlarda mustahkamlash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida bir qator mazmunli ma’ruzalar tinglandi.

Mazkur tadbir doirasida taniqli shoir Bobur Bobomurod institut tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. U o‘z nutqida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarni asrash, yoshlarning ma’naviy barkamolligiga oid fikr-mulohazalarini bildirib, bayrog‘imiz xalqimiz birligi va mustaqilligining muqaddas ramzi ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga davlat ramzlarini hurmat qilish, ularni ardoqlash va targ‘ibot qilish har bir fuqaro uchun muhim burch ekanligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Institut Matbuot xizmati