Milliy ramzlarga hurmat timsoli: institutda insholar tanlovi o‘tkazildi
18.11.2025
2 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — tinglovchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, milliy ramzlarimizga g‘urur va iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tanlovda institutning turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan tinglovchilari ishtirok etib, insholarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati, bugungi kundagi ramziy qiymati hamda har bir fuqaro hayotidagi o‘rni, shuningdek, bayrog‘imizning ranglari va ramzlariga berilgan ma’nolar, mustaqillik va milliy birlik timsoli sifatidagi qudrati keng yoritildi.
Hay’at a’zolari tomonidan insholar mazmundorligi, til uslubi, ma’naviy qimmati va ijodiy yondashuvga ko‘ra baholandi. Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida institut rahbariyati milliy ramzlarimizning qadrini yuksaltirish, tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini keng targ‘ib etish har bir xodimning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.