Huquqshunoslikning muhim yo‘nalishlarida malakaviy imtihon tashkil etildi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri — “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malakaviy imtihon ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarni baholash, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ularning ilmiy va amaliy tayyorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Imtihon jarayonida ilmiy darajaga talabgorlar fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, oila huquqi va xalqaro xususiy huquq kabi huquq sohalarining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdilar.
Institut Matbuot xizmati