Yosh xodimlarni tarbiyalashda rahbarlarni o‘rni
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining 1-o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv xizmati boshliqlari uchun tashkil etilgan o‘quv yig‘ini tinglovchilari bilan Yosh xodimlarni tarbiyalashda rahbarlarni o‘rni mavzusida vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish, poraxo‘rlik, tamagirlik va korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlandi. Tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada bo‘lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
Tadbirda “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Institut matbuot xizmati