Informatsion jamiyatda mediamakon bilan samarali ishlash usullari

11.11.2025 21 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – tezkor-qidiruv xizmati boshliqlari bilan tashkil etilgan o‘quv yig‘ini tinglovchilari bilan “Zamonaviy sharoitda mediamakon bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari va huquq-tartibot idoralari rahbarlarining ustuvor vazifalari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida mediamakonda faoliyat yuritishning zamonaviy yo‘nalishlari, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda huquq-tartibot idoralari rahbar xodimlarining bu boradagi ustuvor vazifalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, tinglovchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan muhokamalar va amaliy misollar orqali mavzudagi asosiy jihatlar yoritib o‘tildi.

 

Institut matbuot xizmati