Tinglovchilarning madaniy sayohati
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – tezkor-qidiruv xizmati boshliqlari bilan tashkil etilgan o‘quv yig‘ini tinglovchilarining ma’naviy-ahloqiy saviyasini yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida Institut rahbariyati va Kadrlar bo‘limi tashabbusi bilan navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tinglovchilar tashrif buyurgan manzillar sifatida O‘zbek Milliy akademik drama teatri hamda Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi tanlandi.
Tadbir davomida tinglovchilar teatr sahnasida namoyish etilgan spektakl orqali milliy teatr san’atining yuksak namunasi bilan tanishdilar. Shuningdek, Ichki ishlar organlari tarixi muzeyida ularga ichki ishlar tizimining shakllanish tarixi, faxriy xodimlarning xizmat yo‘li va milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bunday tashriflar tinglovchilarning umumiy dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini kuchaytirish hamda ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Institut matbuot xizmati