Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

11.11.2025 54 marta ko'rilgan

Musobaqada institutning turli bo‘lim, kafedra va sikllaridan ishtirokchilar bellashdilar. Bellashuvlar yuqori ruhda, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.

G‘olib va sovrindorlar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bunday sport tadbirlari xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga hamda jismoniy barkamollikni ta’minlashga xizmat qiladi.    

 

Institut Matbuot xizmati