Koreyada navbatdagi treninglar o‘tkazilmoqda
Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari uchun Koreya Respublikasi Tergov Akademiyasida navbatdagi treninglar o‘tkazilmoqda.
Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad Koreyaning sud-tibbiy ekspertizasi tizimi, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tekshirish borasida ilg‘or tajribalarini o‘rganishga qaratilgan.
Trening dasturiga muvofiq, Koreyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar (ekspertizalar), Qon dog‘larini tahlil qilish, Ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, Jinsiy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, Koreyada giyohvandlik moddalarni tekshirish, Ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvand moddalarni tergov qilish va hibsga olish kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Institut xalqaro bo'limi