Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida "mayor" maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish, poraxo‘rlik, tamagirlik va korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlandi. Tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada bo‘lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurash, ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda jamiyatda bunga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini mustahkamlash va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Institut matbuot xizmati