Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori, professor Farxod Xatamov hamda Jazoni ijro etish departamenti mas’ul xodimi, Ubaydulla Norqulov bilan birgalikda ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilarga “Xizmat tekshiruvlarini tayinlashda rahbarlarning vakolatlari hamda qarorlar qabul qilishda huquq va majburiyatlari” mavzusida binar seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tinglovchilarga ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi va ichki ishlar organlari shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi “Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlarini tayinlash va o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori bilan “Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvini tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qo‘shma qarorni jamiyat hayotiga tatbiq etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalari interfaol usullardan samarali foydalangan holda mustahkamlandi.
Tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati