Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari, guruh-kuratorlari Zokir Umarov va Xojiakbar Baxramov rahbarligida navbatdagi maxsus unvonini berish uchun tashkil etilgan navbatdagi maxsus malaka oshirish kursida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif amalga oshirildi.
Tinglovchilar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, sahnalashtiruvchi rejissyor Farxod Abdullaev tomonidan sahnalashtirilgan komediyani tomosha qilib madaniy hordiq oldilar.
Shuningdek, institut xodimlari Jasur Kenjayev va Shaxobitdin G‘aniev hamrohligida tinglovchilar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining kichik sahnasida “Selskaya chest” operasini tomosha qilishdi. Tinglovchilar operaning mustahkam syujeti, jonli ijrosi hamda muvaffaqiyatli sahna bezagi bilan chuqur taassurot oldilar.
Institut matbuot xizmati