Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida "IIOning Barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) IIO boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimga tayinlash uchun", "podpolkovnik" maxsus unvonini berish uchun malaka oshirish hamda safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov o‘quv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishga bag‘ishlangan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda, tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada bo‘lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng, “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati