Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining kichik sahnasida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida musiqiy konsert kechasi bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimizda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarga mansub xalqlarning qo‘shiqlari, arialar va romanslari ijro etildi. Tadbir do‘stlik, hamjihatlik va milliy birlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, turli xalqlar madaniyatining musiqiy jihatdan uyg‘unligi konsert ishtirokchilariga katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbirda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlariga tayinlash uchun o‘quv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar ham ishtirok etdi. Ular mashg‘ulotlardan keyin bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, konsert dasturini katta qiziqish bilan tomosha qildi. Yurtimizda millatlararo totuvlik va madaniy hamkorlikning yuqori darajada ekanini yana bir bor his qilishdi.
Institut matbuot xizmati