O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari hamkorligida IIV Tergov Departamentining Toshkent shahri bo‘yicha tuzilmalari, Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘linmalari xodimlarini zamonaviy tahdid va xavflarni aniqlash, tahlil qilish hamda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarni samarali tergov qilish, aybli qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash yuzasidan kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan kasbiy qayta tayyorlash kurslari olib borilmoqda.
Kurs davomida tinglovchilarga raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik asoslari, kiberjinoyatlarning huquqiy jihatlari, internetda jinoyat izlarini aniqlash va raqamli dalillar bilan ishlash bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Milliy qonunchiligimiz talablaridan kelib chiqqan holda, ilg‘or xalqaro tajribaga tayanib zamonaviy kiberxavflarga qarshi kurashish vositalari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari, xodimlarning professional amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va tergov faoliyatini yuqori samaradorlik bilan tashkil etish imkonini beradi.
Institut matbuot xizmati