Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi boshlig‘i, dotsent, polkovnik Mehmonali Suvonqulov ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlaridagi ko‘p yillik mehnati, ilmiy faoliyati va jamoada samarali mehnatini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “professor” ilmiy unvoni berildi. Shu munosabat institut boshlig‘i, professor, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan Mehmonali Suvonqulovga professorlik diplomi hamda Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, polpolkovnik Gulsanam Ro‘zievaga siyosiy fanlar buyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi va hamkor tashkilotlarning tashakkurnomalari o‘z egalariga topshirildi.
Shuningdek, tadbirda 7 nafar institut xodimlariga ipoteka krediti asosida turar-joy sotib olish uchun dastlabki badal to‘lovlari sertifikatlari berildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishdagi kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilandi.
Institut matbuot xizmati