Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari hamda tuman (shahar-tarmoq) IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan o‘quv kurslari tinglovchilari bilan Toshkent shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markaziga tashrif amalga oshirildi.
Asosiy maqsad – ichki ishlar organlari tizimida joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt vositalari, videokuzatuv tizimlari va raqamli boshqaruv mexanizmlari bilan tanishtirish, shuningdek, ularni “Xavfsiz raqamli mahalla” konsepsiyasiga integratsiya qilishning amaliy jihatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida markazdagi Geoinformatsion elektron xarita, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, yuzni aniqlash, harakat trayektoriyasini tahlil qilish, avtomobil raqamlarini tanib olish kabi tizimlar namoyish etildi. Ayniqsa, ushbu vositalarning “Xavfsiz shahar” tizimidan “Xavfsiz mahalla” darajasiga bosqichma-bosqich kengaytirilayotgani alohida qayd etildi.
Institut Matbuot xizmati