Ichki ishlar organlarining hududiy va tarkibiy bo‘linmalaridan malaka oshirish o‘quv kurslariga kelgan xodimlarning mashg‘ulotdan keyingi vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari, madaniy xordiq olishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida Institut professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda O‘zbekiston davlat drama teatrida namoyish etilgan “Hukm” spektakliga tashrif uyushtirildi.
Sahna ustalari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan ushbu spektaklni jonli ravishda sahnada ko‘rish tomoshabinlarda butunlay boshqacha tasavvur uyg‘otdi. Ayniqsa sahna asarida jamiyatimizda yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy illatlarni ro‘yi-rost ko‘rsatganligi, dunyoning ustuni adolat ekani, haqiqatsiz jamiyat tubanlikka yuz tutishi haqida ogohlantiradi.
Darhaqiqat, tarbiya va ma’naviyat maskani bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir.
Institut Matbuot xizmati