Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash hamda “podpolkovnik”, “mayor” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari hamda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomabil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari tinglovchilari uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Kitoblar yarmarkasida tinglovchilar o‘zlari va farzandlari uchun o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni xarid qildilar.
Institut Matbuot xizmati