Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutidagi navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsida ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilib, o‘zining halolligi va fidoyiligi bilan xodimlarga o‘rnak bo‘layotgan va boshqa sohaviy xizmatlar, turdosh ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilayotgan bir qator xodimlarga sertifikatlar va magistr diplomlari topshirildi.
Shuningdek, IIV Axborot xizmati Elektron ommaviy axborot vositalari va veb-resurslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sayfiddin To‘raxo‘jayev tomonidan “Media makondagi vaziyat: xodimlarni jamoatchilik nazorati sub’ektlari bilan muloqotga kirishishning huquqiy asoslari” mavzusi institutning professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilariga batafsil yoritib berildi.
Institut Matbuot xizmati