Safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga o‘tish uchun tashkil qilingan qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Korrupsiya - ichki ma’naviy tahdid” mavzusida bo‘yicha Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulsanam Ro‘ziyeva tomonidan ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilar mavzuga tegishli normativ huquqiy hujjatlar, xalqaro standartlar, korrupsion jinoyatlar profilaktikasiga tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Ochiq ma’ruza mashg‘ulotida institut professor- o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Mashg‘ulot tinglovchilar va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro fikr-almashinib, savol-javob tarzida qiziqarli o‘tkazildi.
Institut Matbuot xizmati