Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida patrul-post xizmati saf bo‘linmalari brigada, batalon va otryad komandirlari, ularning o‘rinbosarlari hamda alohida patrul-post xizmati otryadi xodimlari uchun o‘quv kursi yakunlanishi munosabati bilan bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Malaka oshirish institutining qisqa muddatli kasbiy-jangovar va jismoniy tayyorgarlik o‘quv kurslarida tahsil olayotgan, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan 200 nafardan ziyod Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bitiruvchilarining qasamyod qabul qilish tantanali marosimi ham o‘tkazildi.
Tadbirda vazirlik mas’ullari, institut rahbariyati, xodimlari, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangicha tizimi yaratilganini, ichki ishlar organlarini el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma’noda xalqparvar tizimga aylantirish hamda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga kelgusi sharafli xizmat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Institut Matbuot xizmati