O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti, s.f.b.f.d (PhD), Jasur Kenjayev tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvon berish maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishda qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olish” mavzusida institut miqyosida ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Institut miqiyosida o‘tkazilgan ochiq seminar mashg‘ulotida o‘quv bo‘limi mas’ullari, professor-o‘qituvchilar va boshqa bir qator xodimlar ishtirok etishdi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar va ishtirokchilar tomonidan berilgan barchga savollarga javob berildi
Institut Matbuot xizmati