O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 5-oktabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi hamda reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Malaka oshirish instituti xodimlari bilan elektron tirda Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatidan o‘q otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida belgilangan masofadagi nishonni ishg‘ol qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar o‘rgatildi va tavsiyalar berildi.
Institut Matbuot xizmati