O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari hamda tranzit o‘tishlari tartibi” mavzusida binar mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotni sikl o‘qituvchisi podpolkovnik N. Meliqulov hamda IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti Xorijiy fuqarolarni hisobga olish bo‘limi xodimi, mayor Jo‘rabek Aliqulov hamkorlikda olib bordilar.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatimiz hududiga kirish-chiqish jarayonlari, ularning vaqtincha yashash huquqi, shuningdek, tranzit tartib-qoidalariga oid huquqiy-meʼyoriy asoslar batafsil yoritib berildi.
Institut Matbuot xizmati