O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida 2025/2026-o‘quv yilida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat qasamyodini tantanali qabul qildilar.
Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Umidbek Nurullayev so‘zga chiqib, professional va xalqchil ichki ishlar organlari xodimlarini shakllantirish, xizmat nufuzini oshirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, keyingi yillarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mutlaqo yangicha tizim yaratilgani haqida gapirdi. Shu bilan birga qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga kelgusidagi o‘qishlarida, xizmat faoliyatida muvaffaqiyat hamda ichki ishlar organi xodimi degan nomga munosib bo‘lishi va kelajakda el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek mas’uliyatli ishida omad tiladi.
Institut Matbuot xizmati