Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi adib, shoir, “Usmon Nosir” mukofoti laureati, “Do‘stlik” ordeni sohibi To‘lqin Eshbekning “Jadidlar javhari” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari ishtirok etdi.
Shuningdek, Milliy kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir so‘ngida muallif tomonidan “Jadidlar javhari” kitobi Institut kutubxonasiga esdalik uchun topshirildi.
Institut Matbuot xizmati