O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 5-oktabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi hamda reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Malaka oshirish instituti xodimlari bilan saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Saf tayyorgarligi mashg‘ulotida xodimlarga saf elementlari, yurish, burilish, safdan chiqishlari, safga turishlari, harbiycha salomlashish va tantanali yurishlar to‘g‘risida nazariy va amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, kiyinish madaniyati va fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish lozimligi tushuntirildi.
Institut Matbuot xizmati