O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining kasbiy va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada shakllantirish maqsadida Harbiy-sport o‘yinlari estafetasi o‘tkazildi.
Harbiy-sport estafetasi doirasida Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, arqon tortish, tosh ko‘tarish, belgilangan masofani bosib o‘tish kabi mashqlar ketma-ketlikda amalga oshirildi.
Tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi, g‘oliblar esa munosib ravishda diplom va kuboklar bilan taqdirlandilar.
Sport tadbirlari fakultetda doimiy tashkil etib kelinmoqda.
Institut Matbuot xizmati