Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya ostida nishonlanayotgan bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining sadolari bilan boshlandi, Davlat madhiyasi barcha tadbir ishtirokchilarda ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat uyg‘otdi.
So‘zga chiqqanlar samimiy tabriklab, Mustaqillik bayrami har bir xodim va tinglovchi uchun qadrli ekanini ta’kidladi.
Tadbirda Vatan va xalqni madh etuvchi qo‘shiqlar, she’rlar, hamda yurtimizning go‘zalligini tarannum etuvchi chiqishlar barchaning qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldirdi.
Tadbir yakunida fakultetning bir guruh tinglovchilari o‘qish jarayonida erishilgan yuqori ko‘rsatkichlari, jamoat hayotidagi faolligi uchun faxrli diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Shuningdek, bayram arafasida o‘tkazilgan sport musobaqalari va intellektual tanlov g‘oliblari ham diplomlar bilan mukofotlandi.
Tinglovchilar uchun bayramona dasturxon yozildi.