Bugun mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Bilimlar kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti xodimlari va tinglovchilari Toshkent viloyatining Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, O‘rtachirchiq tumanlarida jamoat tartibini saqlash, ta’lim muassasalari atrofida xavfsizlikni ta’minlash, yosh avlodning xotirjamlik va farovonlikda tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlashda munosib xizmat olib bormoqdalar.
Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, tartib-intizomga rioya etilishi, bolalar va ota-onalar uchun qulay muhit yaratilishiga hissa qo‘shmoqda.
Bunday tadbirlarda faol ishtirok etish — institut tinglovchilari uchun ham amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.