Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘ahridagi o‘quv bazasida “1-sentabr – Mustaqillik kuni” munosabati bilan Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida armwrestling va “AK-74” avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish hamda yig‘ish bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa tinglovchilar yuqori faollik va raqobatbardoshlikni namoyon etdilar. Qatnashchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi va g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi musobaqalar tinglovchilarning jismoniy holatini mustahkamlash, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Institut Matbuot xizmati