Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida Yo‘l patrul faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 3-guruh tinglovchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog‘lash maqsadida Maxsus fanlar sikl o‘qituvchisi, mayor J.M.Boboyorov tomonidan Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB JXX YHXB boshlig‘i kapitan O‘tkir Ismoilov ishtirokida “Olib qochilgan, o‘g‘irlangan va yoʼl-transport hodisasi sodir etgan transport vositalarining qidiruvini tashkil etish” mavzusida binar tarzida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB JXX YHXB boshlig‘i kapitan O‘.X.Ismoilov tomonidan tinglovchilarga mavzuga oid maʼlumotlar yetkazildi.
Tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati