O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi podpolkovnik F.S.Axmedov hamda IIV JIED
1-Mintaqaviy hudud 21-son JIEK Maxsus hisob bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik P. A.G‘aybullayev bilan birgalikda Maxsus kasbiy tayyorgarlik kursining “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilarga “Ayrim toifadagi mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash xususiyatlari va umrbod ozodlikdan maxrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish” mavzusi bo‘yicha binar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarga “Jinoyatlarni tasniflash”, “Ozodlikdan mahrum qilish”, “Jazoni yengillashtiruvchi holatlar”, “Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar” hamda “E-mahkum” elektron platformasida ishlash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati