Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishi tinglovchilari bilan “Anjomlarni tashvish qoplariga joylashtirish, balandlikka chiqish va tushish texnikasi” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ochiq amaliy mashg‘ulotda Institutning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Turli interfaol metodlardan foydalanib o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotda tinglovchilarning anjomlarni tashvish qoplariga joylashtirish, balandlikka chiqish va tushish texnikasi bo‘yicha olgan bilimlari mustahkamlandi.
Tinglovchilar mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar.
Institut Matbuot xizmati